«Rele va avtomatika» AJ 1958 yilda qurilgan Rele avtomatika zavodining 1996 yilda aksiyadorlashtirlishi natijasida hosil bolgan.
Aksiyadorlik jamiyati davlat dasturlari, xususiy, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hududiy dasturlarning moddiy-texnikaviy ta’minotida qatnashadi. MDH va uzoq xorij mamlakatlaridagi hamkorlar hamda mahalliy yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli ishbilarmonlik munosabatlariga ega.
AJ yerlarining umumiy maydoni 4,1 gektarni tashkil etadi.
Shu yerning o‘zida ma’muriy bino mavjud bo‘lib, bu yerda yuqori malakali mutaxassislar mehnat qiladilar.
KORXONA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHNING BARCHA TEXNOLOGIK JARAYONLARINI O'Z ICHIGA OLADI:
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot buyurtmachining loyihasi, shuningdek xalqaro standartlar va MDH davlatlarida qabul qilingan standartlar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziyalash va akkreditatsiya: O'zbekiston Respublikasining «Sanoatkontexnazorat» agentligi ruxsati, Rossiya DavTexnazorati ruxsati asosida amalga oshiriladi, akkreditatsiya attestatlari va markaziy zavod laboratoriyasi, idoralararo metrologik xizmatlar attestati asosida akkreditatsiya qilinadi.
Tayyor mahsulotlar asosan O'zbekiston Respublikasining neftgaz korxonalariga yetkazib beriladi. Shuningdek, korxona mahsulotlari kimyo, tekstil sanoati korxonalari, ta’lim muassasalari uchun yetkazib beriladi. Shuningdek, "Eriell Corporation S.R.O.", "Enter Engineering", “NEFTGAZMONTAJ” Mchj, “UzGazOil” Mchj, “Qurilish Birlashmasi” AJ, “Trest 12” AJ kabi korxonalar bilan hamkorlik ham yo'lga qo'yilgan.
Ishlab chiqarish va infratuzilma: “Rele va avtomatika” AJ umumiy yer maydoni 4,1 ga.ni tashkil etadi. Korxona hududida ishlab chiqarish sexlari va yordamchi ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish sexlari joylashgan.
Xodimlar: 75 kishi, jumladan: 30 ta muxandis-texnik ishchilar, 45 ta – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ishchisi. Xodimlarni uzluksiz ravishda o'qitish tizimi amal qiladi.
Super User News
ГОДОВОЙ ОТЧЕТ эмитента по итогам 2016 года
Super User News
Вниманию акционеров!!!
Super User Статьи
Переработка термопластов и реактопластов связана с протеканием широкого ряда различных физических и химических процессов.
Super User Статьи
Для получения деталей необходимых геометрических форм и размеров
ONLAYN ARIZAYozish